AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda turistlar sonini 210 mingtaga, xizmatlar eksportini esa 42 mln.ga etkazish bo`yicha aniq rejalar belgilab olindi

'Qashqadaryoda turistlar sonini 210 mingtaga, xizmatlar eksportini esa 42 mln.ga etkazish bo`yicha aniq rejalar belgilab olindi'ning rasmi

Viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida yig`ilish o`tkazildi. 

Viloyat hokimligi Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, bo`lib o`tgan yig`ilish vohada energiya resurslaridan
samarali foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ishlarini samarali olib borish masalalarini ko`rib chiqish bilan boshlangan.

Ma`lum qilinishicha, yoqilg`i-energetika tarmog`ining mavjud quvvatlari, aholining energiya resurslariga nisbatan ortib borayotgan kunlik talab-ehtiyojni to`liq darajada ta`minlay olmaydi. Masalan, so`nggi besh yilda viloyatda xonadonlar  soni 160 mingtaga ko`paygan, korxonalar soni esa 29 mingdan 42 mingtaga etgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilda jami 53,4 MVt quvvatli quyosh panellarini o`rnatish belgilangan bo`lib, amalda bugungi kunga qadar 12,8 MVtli quyosh panellari o`rnatildi. Shuningdek, o`rnatilishi lozim bo`lgan 78 ming litr hajmdagi geliokollektorlardan bugungi kunga qadar 8,1 ming litr o`rnatildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ham iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishiga, ham xalqimizga kafolatli va uzluksiz gaz va eelektr energiyasi etkazib berishga xizmat qiladi.

Shuningdek, yig`ilishda Byudjet, sanoat, eksport va turizma masalalariga ham to`xtalib, bar sohalarda olib borilayotgan ishlar va kamchiliklarni muhokama qilinib, tuman va shahar sektor rahbarlar bu borada ishlarni samarali tashkil etishi kerakligi ta`kidlangan.

Mas`ullarga viloyatimizdagi yozgi turizm manzillarini mavsuvga tayyorllash ishlarini tez kunda yakuniga etkazish, dam oluvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ayniqsa, Maydanak va Mirakiga olib boruvchi yo`llar va yo`laklar ta`miri hamda yoritish chiroqlarini o`rnatilishini sifatli bajarish topshirildi.

Ma`lumot uchun, joriy yilda viloyatda mahalliy turistlar sonini 1 mln. 789 mingga, xorijiy turistlar sonini 210 ming va xizmatlar eksportini 42 mln. dollarga etkazish bo`yicha aniq rejalar belgilangan,  deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar