Prezident Shavkat Mirziyoevning tegishli Qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vaziriga birinchi o`rinbosar va o`rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar berdi.
- Polkovnik Zuparov Sanjar Taxirovich Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o`rinbosar – Shtab boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Zuparov Sanjar Taxirovich 1975 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1996 yili O`zbekiston Respublikasi IIV Yong`indan saqlash oliy texnik maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan.
- Polkovnik Muxitdinov Muxtar Yashnarovich Favqulodda vaziyatlar vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Muxitdinov Muxtar Yashnarovich 1973 yili Toshkent shahrida tug`ilgan. 1996 yili Toshkent davlat texnika universitetini, 2004 yili O`zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirining o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
- Polkovnik Alibaev Xurshid Narkazakovich Favqulodda vaziyatlar vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Alibaev Xurshid Narkazakovich 1982 yilda Jizzax viloyatida tug`ilgan. 2003 yili O`zbekiston Milliy universitetini, 2015 yili Rossiya Federasiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan.






