Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 9-sinf o`quvchisi o`z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Ma`lum qilinishicha, voqea 21 aprel kuni yuz bergan. Olmaliq shahar xalq ta`lim bo`limiga qarashli umumta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi I.T. o`z joniga qasd qilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.