AsosiyJamiyat

BMT O`zbekistonga suvning ifloslanishiga qarshi kurashda ko`maklashadi

'BMT O`zbekistonga suvning ifloslanishiga qarshi kurashda ko`maklashadi'ning rasmi

O`zbekiston BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining radioaktiv chiqindixonalar xavfsizligini ta`minlash yuzasidan tavsiyalarini o`rganib chiqdi va bu borada maxsus ishchi guruhni tashkil qildi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Qozog`iston va Tojikistondan keyin mintaqada bunday ishchi guruhini tashkil qilgan uchinchi davlatga aylangan. Idoralararo ishchi guruh sanoat xavfsizligi, suv resurslari uchun mas`ul organlar, shuningdek, xususiy sektor, ilmiy doiralar va nodavlat notijorat tashkilotlari o`rtasida muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish uchun platforma vazifasini o`taydi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda O`zbekistonda 41 ta radioaktiv va boshqa zararli chiqindilar saqlanadigan joylar mavjud. BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi Shveysariya Atrof-muhitni himoya qilish federal boshqarmasi moliyaviy ko`magi asosida mazkur guruhga joylarda  minaqalararo darajada chiqindixonalar xavfsizligini ta`minlash masalasini o`rgatadi.

BMT xabarida ta`kidlanishicha, O`zbekiston jahondagi yirik oltin va uran qazib oluvchi davlat hisoblanadi. Kelgusida bu sohadagi ishlab chiqarish yanada ko`payishi kutilmoqda, buning ortidan esa radioaktiv va zararli chiqindixonalar ham ko`payadi.

    Boshqa yangiliklar