"O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo`shimcha va o`zgartish kiritish to`g`risida"gi qonun loyihasiga ko`ra, 11 noyabr – O`zbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga qo`shish belgilanmoqda.
Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi fraksiyalarda muhokama qilinmoqda. O`zgarish amalga oshsa, bayram kunlari 10 taga etadi.
Hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:
- 1 yanvar – Yangi yil;
- 8 mart – Xotin-qizlar kuni;
- 21 mart – Navro`z bayrami;
- 9 may – Xotira va qadrlash kuni;
- 1 sentyabr – Mustaqillik kuni;
- 1 oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni;
- 8 dekabr – Konstitusiya kuni;
- Ramazon hayitining birinchi kuni;
- Qurbon hayitining birinchi kuni.






