Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda "Pedagog maqomi to`g`risida"gi qonuni loyihasi muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasiga ko`ra, pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to`lashdan ozod etiladi. Ularni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga, yig`ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o`quv yili davriga o`qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktiriladi. Davlat ta`lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni davlat sog`liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko`rikdan bepul o`tkaziladi.
Qolaversa, pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta`minlanadi hamda 56 ish kunidan iborat yillik haq to`lanadigan uzaytirilgan ta`til beriladi.
Muhokamalar davomida deputatlar ushbu qonunning bugungi kundagi zarurati va ahamiyatini e`tiborga olib, uni yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish, maromiga etkazish bo`yicha bir qator takliflar berdi.
Muhokamalardan so`ng, qonun loyihasining bugungi kundagi zaruratini hisobga olinib, deputatlar tomonidan qabul qilindi.






