Toshkentda 3 may kuni tush payti quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 12 ballik shkalada 10 ballik bo`lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda O`zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, bu quyoshning xavfli darajadagi nur sochishi hisoblanadi. Ammo bu holat mavsumga xos emas. Bu keskinlik quyoshda 30 aprel kuni kuchli chaqnashlar fonida ro`y berayotgan bo`lishi mumkin.
“Bu ultrabinafsha nurlari atmosferaning ozon qatlamidan o`tmishga nisbatan to`siqlarsiz kirib kelishi ortidan kuzatilayotgan bo`lishi ham mumkin. Ochiq oftob ostida himoya bosh kiyimlarini kiyib olish tavsiya etiladi”, — deb yozadi meteorologiya sohasi mutaxassisi Erkin Abdulahatov.






