AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so`mdan pul mukofoti beriladi

'O`zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so`mdan pul mukofoti beriladi'ning rasmi

Prezident O`zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so`mdan pul mukofoti berilshi haqida Farmoni qabul qilindi.
 

"Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro`-e`tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni e`zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 78 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida:
1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 000 000 (o`n sakkiz million) so`m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog`liq bo`lgan sarf-xarajatlar O`zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishini ta`minlasin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin"

O`zbekiston Respublikasi 
            Prezidenti                                                                                                    Sh.MIRZIYoEV

    Boshqa yangiliklar