AsosiyJamiyat

Mirziyoev Erdo`g`on bilan telefon orqali gaplashdi

'Mirziyoev Erdo`g`on bilan telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan 2 may kuni bo`lib o`tgan telefon orqali muloqotida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish masalalari  ko`rib chiqildi.

Turkiya etakchisi davlatimiz rahbarini Konstitusiya islohoti bo`yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o`tkazilgani bilan samimiy qutlab, qardosh O`zbekiston xalqiga farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Suhbatda mamlakatimizda Turkiyaning etakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investisiya loyihalarini jadal amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig`ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida O`zbekiston rahbari Turkiya etakchisiga joriy yilning may oyi o`rtasida bo`lajak Prezident saylovida muvaffaqiyatlar tiladi.

    Boshqa yangiliklar