AsosiyJamiyat

Namanganda pul talab qilgan bosh shifokor va hisobchi qo`lga tushdi

'Namanganda pul talab qilgan bosh shifokor va hisobchi qo`lga tushdi'ning rasmi

Chust tumanida tadbirkordan 10 foiz ulush talab qilgan hisobchi va bosh shifokor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Chust tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi B.S. “Ch.O.” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan tibbiyot birlashmasiga oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish uchun o`tkazib berilgan 1,3 mlrd so`m evaziga MChJ ish boshqaruvchi M.M.dan ushbu mablag`larning 10 foizi miqdorida “ulush” talab qilib, shundan 2 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, birlashma bosh shifokori S.K. bosh hisobchidan 2 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar