AsosiyJamiyat

Ko`kaldosh madrasasiga yangi mudir tayinlandi

'Ko`kaldosh madrasasiga yangi mudir tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 3 may kuni Abdulhakim Matqulov Ko`kaldosh o`rta maxsus islom bilim yurti mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Aytilishicha, Toshkent shahridagi Ko`kaldosh o`rta maxsus islom bilim yurti pedagoglar jamoasining navbatdan tashqari majlisi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. Ko`kaldosh o`rta maxsus islom bilim yurti mudiri Muhammadamin domla Nasriev boshqa ishga o`tganligi sababli uning o`rniga diniy-ma`rifiy sohada ko`p yillar mehnat qilgan Abdulhakim qori Matqulov tayinlangani ma`lum qilindi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov yig`ilishda so`zga chiqib, davlat rahbari tomonidan bugungi murakkab dunyoda o`zbek xalqi, ayniqsa, yoshlarga Islom dini mohiyatini to`g`ri tushuntirib berish, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish, diniy ta`lim sifatini yanada oshirish, qadimiy diniy ta`lim ana`nalari va ilg`or xalqaro tajribani o`rganish hamda mamlakatdagi diniy ta`lim muassasalarida tatbiq etish kabi muhim topshiriqlar berilganini alohida ta`kidlagan.

Muftiy Xoliqnazarov madrasaning yangi mudiri va pedagoglar jamoasi oldida mana shunday dolzarb vazifalar turganini ham alohida qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar