AsosiyJamiyat

O`zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi “Silk Avia” aviachiptalari soxtalashtirilayotgani aytildi

'O`zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi “Silk Avia” aviachiptalari soxtalashtirilayotgani aytildi'ning rasmi

Oxirgi bir necha kun ichida “Silk Avia” aviakompaniyasi parvozlariga aviachiptalarni sotish bilan bog`liq bir nechta firibgarlik holati qayd etildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, mahalliy aviaqatnovlar terminalining ro`yxatdan o`tish peshtaxtasiga yo`lovchi kelib, xodimga uning so`zlariga ko`ra, Toshkent-Termiz reysi uchun aviachipta bo`lgan hujjatni uzatgan. Biroq, hujjat faqatgina ushbu reys uchun bronning bosma nusxasi bo`lib chiqdi. Yo`lovchining ta`kidlashicha, bunday "chipta" unga shahar kassalardan birida sotilgan. Aviakassaga qo`ng`iroqdan so`ng, ushbu yo`lovchiga pul qaytarilgan, shundan so`ng yo`lovchi aeroport kassasidan chipta sotib olib, Termizga uchib ketgan.

“Shu munosabat bilan eslatib o`tamiz, “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining reyslariga chiptalarni faqat aeroport kassalarida yoki kompaniyaning www.silk-avia.com rasmiy sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin. Onlayn chiptalarni sotib olayotganda, shaxsiy va aloqa ma`lumotlaringiz to`g`ri va aniq ekanligiga ishonch hosil qiling”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar