Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, fuqaro F.N Karmana tumani Xoncharbog` mahallasidagi er maydonida sport kompleksi qurishni maqsad qilgan. Qurilish jarayonida esa bu joydagi mevali va manzarali daraxtlarni kesib tashlashga majbur bo`lgan. Bundan xabar topgan Karmana tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo`limi boshlig`i X.T hodisaga qonuniy baho berish o`rniga kesilgan daraxtlar uchun bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda jazo ko`rmaslik evaziga tanishi X.K orqali 10 mln so`m talab qilgan.
F.N.ning arizasiga binoan Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi va boshqa huquqni muhofaza qilish organ xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkordan 10 mln so`m olayotgan mansabdor prosessual tartibda qo`lga olingan.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






