AsosiyJamiyat

Makkada xorazmlik ayollar tilla taqinchoqlarni o`g`irlab, qochib ketgani haqida xabar tarqaldi

'Makkada xorazmlik ayollar tilla taqinchoqlarni o`g`irlab, qochib ketgani haqida xabar tarqaldi'ning rasmi

Arabistonning Makka shahrida ziyorat uchun borgan xorazmlik ayollar  tilla taqinchoqlarni o`g`irlab, qochib ketgani haqida xabar tarqaldi. Xorazm IIB mazkur xabarlar yuzasidan ma`lumot berdi

Xabarlarda ular Arabistonga kelsa o`g`irlik qilgani uchun qo`lini chopishlari, kelmasa kallasini chopib Arabistonga olib borishlari to`g`risida aytilgan. Mazkur ovozli xabarda nomlari keltirib o`tilgan fuqarolarning Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qilgan murojaatiga asosan olib borilgan tekshiruvlar natijasida ushbu ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslar aniqlandi.

Dastlabki surishtiruvlar jarayonida ular ushbu ovozli xabarlarni hech qanday asossiz tarqatgani ma`lum bo`ldi. Hozirgi paytda ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar