Ijtimoiy tarmoqlarda "Sho`rtan gaz kimyo majmuasi"da ta`mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan bosimning ma`lum muddatga pasayishi to`g`risida xabarlar tarqalmoqda.
Viloyat hokimligi tarqalgan xabarlarni rad etdi.
“Hurmatli fuqarolar, hozirda Andijon viloyatida shoxobchalarning faoliyatini cheklash bo`yicha hech qanday jarayon olib borilmayotganligini ma`lum qilamiz.
Shu bilan birgalikda navbatsiz yoqilg`i quyishga har qanday sharoitlar mavjud ekanini eslatib o`tamiz.
Gaz bosimi pasayishi mumkin bo`lgan holatda rasmiy axborot taqdim etamiz”,deyiladi xabarda.






