AsosiyJamiyat

⚡️ Yomg`ir, do`l va hatto qor... Dam olish kunlari O`zbekistonda harorat me`yordan tushib ketadi

'⚡️ Yomg`ir, do`l va hatto qor... Dam olish kunlari O`zbekistonda harorat me`yordan tushib ketadi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli, quruq va iliq bo`lishi kutilmoqda, havo harorati 24-29 daraja atrofida bo`ladi. Faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika shimolida havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi.

6 mayda respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 18-23 gacha gacha pasayadi, bu may oyining boshi uchun bo`lgan me`yordan 3-5 darajaga pastdir.

7 mayda respublikamizning markaziy va sharqiy viloyatlari bo`yicha ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13 darajagacha pasayadi, kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo`ladi.

Respublikaning ayrim joylarida do`l yog`ishi mumkin.

5 mayda shimolda, janubda va cho`l hududlarda, 6 mayda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog` oldi va tog`li hududlarda 5-7 may kunlari vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Baland tog`larda (2000 m dan yuqorida) yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 5-7 may kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtimizda bugun kunduz kuni havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 25-27 darajani tashkil etadi.

Shanba kuni kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 20-22 daraja bo`ladi.

Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida biroz  qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar