AsosiyJamiyat

Toshkentda 27 yoshli yigit Umraga yuborish bilan aldab, 47 nafar odamdan 55 ming AQSh dollari yig`ib olgani aniqlandi

'Toshkentda 27 yoshli yigit Umraga yuborish bilan aldab, 47 nafar odamdan 55 ming AQSh dollari yig`ib olgani aniqlandi'ning rasmi

Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko`ra, joriy yilning aprel oyida 27 yoshli Mirzahakim M. 43 yoshli Farrux M.dan 47 nafar fuqaroni umra safariga jo`natishda yordam berishni va`da qilib, buning uchun jami 55.250 AQSh dollari olgani aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, erkak va`dasini bajarmay pullarni o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar