AsosiyDunyo

Makron O`zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda

'Makron O`zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bu yil O`zbekistonga tashrif buyurishga hozirlik ko`rmoqda. Bu haqda juma kuni O`zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ma`lum qildi, deb xabar beradi “Newshub.uz” muxbiri.

“Ikki davlat hukumatlari Fransiya Prezidenti Makronning joriy yilgi tashrifi amaliy ahamiyatga ega bo`lishi uchun sa`y-harakatlarni amalga oshirishi zarur”, — dedi L.Qudratov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasi yig`ilishida.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022 yil yozida Fransiyaga rasmiy tashrifi chog`ida 14 ta hujjat imzolangan, qiymati 6 milliard evrodan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo`yicha kelishuvlarga erishilgan edi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat munosabatlarini yuqori darajadagi har tomonlama sheriklik darajasiga olib chiqishga kelishib oldilar. 

    Boshqa yangiliklar