AsosiyJamiyat

J-PAL Europe O`zbekistonni oyning eng yaxshi mamlakati deb e`lon qildi

'J-PAL Europe O`zbekistonni oyning eng yaxshi mamlakati deb e`lon qildi'ning rasmi

May oyida #J_PAL_Europe va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari birgalikda  kambag`allikka qarshi kurashish bo`yicha ilk davlat dasturlarining samaradorligi hamda ularning aholi real daromadlari o`sishini ta`minlashga va kambag`allikni qisqartirishga potensial ta`sirini baholashdi.

Mutaxassislar tomonidan  “Mahallabay” tizimi orqali tadbiq etiladigan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi va "Ishga marhamat" monomarkazlari faoliyati, shu jumladan tashqi migrasiya yo`nalishi samaradorligini zamonaviy ilg`or vositalar (metodologiya) bilan baholash masalalari ko`rib chiqilmoqda.

 Davlat dasturlari samaradorligini baholashning bunday madaniyati O`zbekistonda ilk bor joriy etilmoqda, bu esa bir vaqtning o`zida kambag`allikning ko`plab jihatlarini hal etishga qaratilgan istiqboldagi dastur va strategiyalarni ishlab chiqishda muhim qadam bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar