AsosiyJamiyat

Qamchiq dovonida turistik mikroavtobuslar qatnoviga ruxsat berildi

'Qamchiq dovonida turistik mikroavtobuslar qatnoviga ruxsat berildi'ning rasmi

Bu haqda Prezidentning "O`zbekistonning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorida belgilab qo`yilgan.  

Qarorga ko`ra, endi Qamchiq dovonida turistik mikroavtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi.  

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Transport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 maydan boshlab yo`l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda Qamchiq dovoni orqali yo`lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari 14 tagacha o`rindiqqa ega bo`lgan M2 toifadagi transport vositalari qatnashiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, Jizzax viloyatidagi dovonlar hamda Bo`stonliq tumanining tog`li hududlarida tegishli toifadagi yo`llar orqali turistik avtobus va mikroavtobuslarga muntazam qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Bunda, faqat 1 apreldan 1 noyabrga qadar bo`lgan davrda kunduzi, ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari o`rnatilmagan, sekinlashtiruvchi uskunasi (tog` tormozi) mavjud bo`lgan hamda harakatni kuzatish navigasiya qurilmasi va taxograf o`rnatilgan transport vositalarida kamida 7 yil staji bor haydovchilarga avtomobil transportida yo`lovchilarni tashish faoliyati uchun lisenziya mavjud bo`lgan taqdirda qatnovni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar