AsosiyJamiyat

Kontrafakt va iste`molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar bergan shaxslarni rag`batlantirish tartibi belgilandi

'Kontrafakt va iste`molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar bergan shaxslarni rag`batlantirish tartibi belgilandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2023 yil 1 iyundan boshlab iste`molchilar huquqlari himoya qilinishini ta`minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o`tib ketgan, kontrafakt va iste`molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari bo`yicha murojaatlar "Soliq hamkor" axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ko`rib chiqiladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

"Soliq hamkor" axborot tizimi orqali murojaatlarni qabul qilish, ko`rib chiqish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag`batlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni o`tkazish uchun asos bo`ladi;

- murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kunida majburiy tartibda ko`rib chiqilib, natijasi bo`yicha murojaat yo`llagan shaxs xabardor qilinadi, bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno;

- tasdig`ini topgan qonun buzilishi holatlari bo`yicha ma`muriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHMning besh baravarigacha miqdorda rag`batlantiriladi.

Eslatib o`tamiz, kontrafakt va iste`molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar bergan shaxslar rag`batlantirilishi prezident qarori bilan belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar