AsosiyJamiyat

Farg`onada 15-18 yoshdagi qiz va yigitlar psixotrop moddalar bilan ushlandimi? IIB aniqlik kiritdi

'Farg`onada 15-18 yoshdagi qiz va yigitlar psixotrop moddalar bilan ushlandimi? IIB aniqlik kiritdi'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan 15-18 yoshdagi qiz va yigitlarning psixotrop moddalar bilan ushlanganligi haqidagi videoxabar Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 22.04.2023 yil kuni Oltiariq tumani Jarqo`rg`on MFYda yashovchi fuqaro M.U “102” raqamiga murojaat qilib, shu mahalladagi o`ziga tegishli bo`lgan bog` shiyponiga noma`lum shaxslar janjal qilib, kirib olganligini ma`lum qilgan.

Ushbu xabar tegishli tartibda ro`yxatga olinib, yuqoridagi manzilga profilaktika inspektorlari etib borishganda u erda shu tumanda istiqomat qiluvchi F.M., J.O. hamda voyaga etmaganlar M.R va B.A.lar bor ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 45,183-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan va jinoyat ishlari bo`yicha Oltiariq tumani sudiga yuborilgan.
Sud tomonidan 04.05.2023 yil kuni ularning 2 nafariga yuqoridagi moddalarga asosan ba`zaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, fuqaro F.M. tuman IIBga murojaat qilib, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan shaxsni aniqlab, qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Videotasvirlarni tarqatgan H.H. aniqlanib, unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 46 prim 2-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda sud tomonidan BXMning 3 barobar miqdorida jarima jazosiga tortilgan.

Yuqoridagi shahslarning yonini ko`zdan kechirish jarayonida psixotrop moddalar yoki sovuq qurollar aniqlanmagan.

“Fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirilmasdan turib, turli noo`rin xulosalarga bormasliklarini so`rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar