Uch oyda 4,7 ming o`zbekistonlik Rossiya fuqaroligin oldi. Tojikistonliklar esa rekord ko`rsatkich qayd etdi

Dunyo 06.05.2023, 12:25
Uch oyda 4,7 ming o`zbekistonlik Rossiya fuqaroligin oldi. Tojikistonliklar esa rekord ko`rsatkich qayd etdi

Joriy yilning dastlabki uch oyida 106 mingdan ortiq xorijlik Rossiya fuqaroligini oldi, bu o`tgan yilga nisbatan 35 ming kishiga kam. Bu haqda TASS xabar qilmoqda. 

Rossiya Ichki ishlar vazirligining 2023 yilning yanvaridan martigacha bo`lgan davrdagi migrasiya holati bo`yicha statistik ma`lumotlariga ko`ra, ko`pincha Tojikiston fuqarolari Rossiya fuqaroligini olgan.

“2023 yilning yanvar-mart oylarida Rossiya fuqaroligini olish to`g`risida qaror qabul qilingan shaxslar soni 106 320 nafarni tashkil etadi”, — deyiladi hujjatda. Shu bilan birga, o`tgan yilning shu davrida 141 663 nafar xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan.

Ichki ishlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning uch oyida Tojikiston fuqarolari tomonidan Rossiya fuqaroligini olish bo`yicha 44,9 mingta qaror qabul qilingan. Bu ko`rsatkich belgilangan davr uchun eng yuqori ko`rsatkich edi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlarni Ukraina (22 ming) va Armaniston (8,9 ming) fuqarolari band etgan. Birinchi o`nlikka, shuningdek, Qozog`iston (6,9 ming), Qirg`iziston (5,4 ming), O`zbekiston (4,7 ming), Ozarbayjon (3,7 ming), Moldova (3,1 ming), Belarus (2,4 ming) va Turkmaniston (912 kishi) fuqarolari kirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1