AsosiyJamiyat

57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida 7 nafar o`zbekistonlik o`quvchi g`oliblikni qo`lga kiritdi

'57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida 7 nafar o`zbekistonlik o`quvchi g`oliblikni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Bugun, 6 may kuni Qozog`istonning Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan 57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining yopilish va taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o`quvchilar o`zaro kuch sinashishdi.

Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko`ra O`zbekiston o`quvchilari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi.

G`oliblar bilan tanishing:
1. Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o`quvchisi - oltin medal;
2. Mahmudov Abdulloh - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o`quvchisi - oltin medal;
3. Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o`quvchisi - kumush medal;
4. Rahimov Daler - Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o`quvchisi - kumush medal;
5. Karimov Azizbek - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o`quvchisi - kumush medal;
6. Hafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik liseyi 2-bosqich o`quvchisi - bronza medal;
7. Hakimova Shahzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o`quvchisi - bronza medal.

    Boshqa yangiliklar