"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha navo o`zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo`ladi.
Poytaxtimizda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Baland tog`larda (2000 m dan yuqorida) qorga aylanishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida do`l yog`ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo`ladi.






