Davlat Dumasi deputati Mixail Matveev Rossiyaga kelgan markaziy osiyoliklarni urushga safarbar qilinmayotganidan g`azablanmoqda. Unga ko`ra, faqat 2023 yilning birinchi choragida 45 ming tojikistonlik Rossiya fuqaroligini olgan, ammo ular frontda ko`rinmayapti.
Rossiyalik deputat “Nega ular safarbar qilinmayapti?”, “Tojikiston batalyonlari qani?”, “Rossiyaga askarlar kerak!” deb ta`kidlagan.
Mixail Matveev Markaziy Osiyo aholisini, asosan, tojiklarni jangovar zonaga safarbar qilish uchun tegishli tuzatishlar kiritishga chaqirdi. Chunki hozirda faqat tojik taksichilar polklari, farroshlar va quruvchilar bo`linmalari mavjud. Shuningdek, u tojikistonliklarning Rossiyada turli nafaqalar, pensiyalar olish huquqigdan foydalanib, armiyada xizmat qilish majburiyatlarini bajarishmayotganligidan norozi.
Rossiya fuqaroligini olgan tojikistonliklarni o`z vatanlarida xizmat qilishga majburlab bo`lmaydi. Gap shundaki, Tojikiston milliy qonunchiligi ikki fuqarolikka ega shaxslarni harbiy xizmatga chaqirishni taqiqlaydi.






