Toshkent shahrida 8 may kuni "G`alaba bog`i" yodgorlik majmuasida joylashgan "Matonat madhiyasi" monumentiga hamda 9 may kuni Xotira maydonida joylashgan "Motamsaro ona" monumentiga, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gulchambarlar qo`yish marosimlari o`tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma`lum qildi.
Shuningdek, 9 may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan “Yangi O`zbekiston bog`i”da bayram mushakbozligi tashkil etilishi ko`zda tutilgan.






