Tez orada Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning topshirig`ini bajarish doirasida O`zbekiston poytaxti Toshkentdan Grozniyga muntazam reys ochiladi. Bu haqda Checheniston hukumati raisi Muslim Xuchiev o`zining telegram-kanalida ma`lum qilgan.
“Vaynaxavia” AJ va “O`zbekiston havo yo`llari” MAK o`rtasida tegishli kelishuvga erishilgan.
Muslim Xuchiev “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Rossiyadagi mintaqaviy vakili Z.N.Abudullaev bilan uchrashuvda yangi xalqaro reysni yo`lga qo`yish va parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgan. Samolyot Toshkentdan Grozniyga va ortga haftasiga ikki marta parvoz qilishi rejalashtirilgan.
“Albatta, bu Checheniston Respublikasi va O`zbekiston o`rtasidagi yo`lovchi tashish hajmini oshirishga yordam beradi hamda mintaqa iqtisodiyoti rivojiga qo`shimcha turtki beradi”, — dedi Muslim Xuchiev.






