Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 48-moddasida har kim sog`lig`ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.
Davlat sog`liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug`urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlash choralarini ko`radi.
Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.






