Dam olish kunlari, 6-7 may kunlari Toshkent hayvonot bog`ida ko`ngillilar tomonidan qutqarilgan it va mushuklarning ikkinchi ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Festivalda 50 it va 5 mushuk ishtirok etdi.
Ko`rgazmaga kirish chipta narxi 20 000 so`mni tashkil etdi. Chiptalar sotuvidan tushgan mablag`lar “Hayot” boshpanasidagi itlar va mushuklarni davolash, dori-darmonlar xarid qilish va ularni sterilizasiya qilishga sarflanadi.
Bugungi kunga kelib hayvonlarning deyarli yarmi o`z uyini topdi.






