AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus va "Cobalt" to`qnashdi

'Toshkentda avtobus va  "Cobalt" to`qnashdi'ning rasmi

Toshkentda avtobus va  "Cobalt" ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

YTH joriy yilning 7 may kuni soat 13.50 larda Olmazor tumani Keles yo`li - Sag`bon ko`chalari kesishgan chorrahasida sodir bo`lgan. 1985 yilda tug`ilgan B.S. boshqaruvida bo`lgan davlat raqami 01 049 VJA  belgili Saz Le-60 rusumli avtobus hamda 1974 yilda tug`ilgan Z.Z.  boshqaruvida bo`lgan davlat raqami 01 P 931 EB belgili Cobalt rusumli avtomashinalari to`qnashgan.

YTH natijasida ikkala haydovchilar tan jarohat olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar