Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 25-30° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo`ladi.
08.05.2023 08:05
Bugun yog`ingarchiliksiz, iliq ob-havo kuzatiladi






