Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qiligishicha, 2023 yil 25 aprel kuni soat 21:00larda, Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan tumandagi “Xalqlar do`stligi” MFY 40-uy oldida huquqbuzarlik sodir etgan Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2004 yilda tug`ilgan yigitning yoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida yonidagi sigareta qutisida qoramtir rangli, o`tkir hidli, giyohvand moddasiga o`xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko`rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKMning xulosasiga ko`ra, ushbu moddaning sof og`irligi 0,23 gramm bo`lgan “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.
Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






