AsosiyJamiyat

Endi sudga shikoyat qilishda davlat boji undirilmaydi

'Endi sudga shikoyat qilishda davlat boji undirilmaydi'ning rasmi

O`zbekistonda, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, ma`muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik sub`ektlaridan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko`rib chiqish natijasi bo`yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi. 

Tegishli qonun loyihasi 2023 yil 1 oktyabrgacha Qonunchilik palatasiga kiritilishi kerak. Bu – yangi tahrirdagi konstitusiyani ro`yobga chiqarishga doir prezident farmonida belgilandi.

Bundan tashqari, shartnomaviy va boshqa fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javobgarlik choralari ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi qonunchilikdan chiqarib tashlanadi. Farmonda bu topshiriq ijrosi uchun 2 oy muddat ko`rsatilgan.

Mas`ullarga, 2024 yil 1 yanvarga qadar, qonunchilik bazasini to`liq xatlovdan o`tkazib, unda belgilangan huquqiy ta`sir choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirish bo`yicha takliflar kiritish topshirildi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi konstitusiyaning 29-moddasida belgilangan davlatning huquqbuzarliklardan jabrlanganlarga etkazilgan zararning o`rni qoplanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyati to`liq ro`yobga chiqarilishini ta`minlashga qaratilgan mexanizmlarni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyiha 2 oy muddatda prezident administrasiyasiga kiritilishi zarur.

    Boshqa yangiliklar