AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktabda o`qituvchi o`quvchisini yolg`onchi deb atagani uchun onasi tomonidan kaltaklandi(video)

'Toshkentdagi maktabda o`qituvchi o`quvchisini yolg`onchi deb atagani uchun onasi tomonidan kaltaklandi(video)'ning rasmi

Toshkentdagi maktabda o`qituvchi o`quvchi qizning onasi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Millar” informasion dasturida ma`lum qilindi.

Chilonzor tumanidagi maktab direktori o`rinbosarining qayd etishicha, mojaro ikki o`quvchi qiz o`rtasidagi kelishmovchilikdan boshlangan. 

Shifokorlar hozirda kaltaklangan o`qituvchining qon bosimi yuqori bo`lgani sababli uni to`liq tekshiruvdan o`tkazishning imkoni yo`qligini aytgan.

Muxbir bilan telefon orqali so`zlashgan onaga ko`ra, pedagog unga “yolg`onchilar oilasi bo`lganidan keyin yolg`onchilar oilasi deyman-da, qo`lingdan kelganini qil” degan va shundan keyin ayol quyushqondan chiqqan. O`qituvchining o`g`li jangga aralashib, ayolni ham ura boshlagan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilayotganini ma`lum qildi.

 

    Boshqa yangiliklar