Pokistonning sobiq bosh vaziri, muxolifatdagi Adolat harakati partiyasi (JZM) raisi Imron Xon huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan terrorchilik ishi bo`yicha hibsga olindi. Bu haqda 9 may, seshanba kuni mahalliy Geo News telekanali xabar bergan.
Aytilishicha, u Al-Qadir Trust jamg`armasi mablag`larini o`zlashtirish bo`yicha ish ko`rilgan sud zalida hibsga olingan. Imron Xon unga qarshi qo`yilgan boshqa ishlar bo`yicha garov pulini taklif qilish uchun Oliy sud binosiga borgan.
O`tgan yilning avgust oyida Imron Xon terrorchilikda ayblangan edi. Terrorizmga qarshi kurash qonunining 7-moddasiga asosan polisiya va sud organlariga tahdidlar bo`yicha ish ochilgan. Ayblovlar ishonchsizlik votumi bilan hokimiyatdan chetlatilgan siyosatchi poytaxtdagi mitingda yuzlab tarafdorlari oldida nutq so`zlab, yaqinda o`zining eng yaqin yordamchilaridan birining hibsga olinganini qoralaganidan so`ng paydo bo`ldi.