AsosiyJamiyat

"Bilar bilmas, sinfdoshlariga yo`llagan bir nashida uchun uch yil qamoq jazosi..."

'"Bilar bilmas, sinfdoshlariga yo`llagan bir nashida uchun uch yil qamoq jazosi..."'ning rasmi

Toshkent viloyatida telegramda nashida tarqatgan talaba yigit uch yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi. Tadbirkor Zafar Hoshimov ushbu xabardan so`ng tamog`imdan ovqat o`tmagani aytmoqda o`z munosabatida.

"Grant asosida (!) narxozda o`qib kelayotgan 21 yoshli talaba bir yil avval yutyubdan (ochiq manba) olib, bilar bilmas, sinfdoshlariga yo`llagan bir nashida uchun uch yil qamoq jazosi olibdi.

Bilar- bilmas, deganim, bu nashidani butun boshli bir diniy qo`mita o`rganib, tahlil qilibgina, uning asl mohiyati zararli, deb topibdi. Yosh yigit yutyubda qo`shiq eshitib, uning bu jihatlarini tushinmagan bo`lishi mumkin ku, axir.

Bu yigit umuman yomon niyati bo`lmagan bo`lishi ham mumkin…

Ayni yangi Konstitusiyamizda gumonlar ayblanuvchi foydasiga talqin qilinadi, deyilmaganmi?!

Yoshlik ayni xatolar, adashishlar pallasi. Aftidan ayon, odobli, aqlli yigit, nahotki, bir xatosi uchun uni shunchalik og`ir jazolash to`g`ri bo`lsa, yosh umrini xazon qilib, yorug` darsxonalarda ilm olib, mutaxassis bo`lib, vataniga unumli hizmat qilish o`rniga u zah xibsxonalarda kunlar emas, yillar o`tkazsa?!

Aminmanki, shu yigit bilan yaxshi tushuntirish o`tkazib, ota-onasi oldida qattiq ogohlanitirilsa, bir umriga etib- ortardi, do`stlariga xatto “Nu,pogadi!..” multfilmini ham boshqa yubormaydigan bo`lar edi…

Mening fikrimcha, bu jazoning o`zi o`ta radikal.

Sud- adliya tizimimiz bu hukmni yana bir bor adolat, insonparvarlik va gumanizm asnolariga asoslanib, qayta ko`rib chiqadi, degan umiddaman.

NB. Bu yigitga yoki uning oilasiga hech qanday aloqam yo`q. Shu siyratini ko`rib, maqolani o`qib, ezildim.

    Boshqa yangiliklar