Ertaga, Toshkent shahrining bir nechta hududlarida gaz o`chiriladi. Bu haqda “Hududgazta`minot” AJ xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Samarqand darvoza va Yangiobod ko`chalari kesishmasida joylashgan er osti o`rta bosimli D-219 mm bo`lgan gaz quvuridagi gaz sizib chiqishi kuzatilgan. Mazkur kamchilikni bartaraf etish ishlarini “Hududgaz Poytaxt” GTF ning “Shayxontoxurtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan 2023 yil 10 may kuni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan ertaga, 10 may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste`molchilariga gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Aholi iste`molchilari:
Bo`takuz ko`chasi 150 ta erli xonadon;
Uch lola ko`chasi 30 ta erli xonadon;
Turk shelk ko`chasi 35 ta erli xonadon;
Mehnatkash ko`chasi 200 ta erli xonadon;
Guli Ra`no ko`chasi 250 erli xonadon;
Bolshevik ko`chasi 300 ta erli xonadon;
12 dekabr ko`chasi 200 ta erli xonadonda gaz ta`minoti o`chiriladi.
Bundan tashqari, ushbu hududdagi ulgurji iste`molchi hisoblangan 12 ta tashkilot ham gaz ta`minotidan uzib qo`yiladi.






