Bugun, 10 may kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi o`tkazildi. Majlisda bugundan saylov kampaniyasini boshlash haqida e`lon qilindi.
Saylov okruglarini tuzish 15 maygacha, saylov uchastkalarini tuzish 25 maygacha belgilanmoqda. Bundan tashqari, saylovchilarning yagona elektron ro`yxati tuziladi.
Siyosiy partiyalar o`z vakolatli vakillarini ro`yxatdan o`tkazish uchun saylov kampaniyasi e`lon qilinganidan keyin 3 kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak bo`ladi. Saylovda ishtirok etish uchun partiyalar 15 maygacha hujjatlarni taqdim etishlari zarur. 17 may – 1 iyun oralig`ida prezidentlikka nomzodlar ko`rsatiladi.