Abdug`aniev Ulug`bek Abdufattaxovich Toshkent viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
U. Abdug`aniev 1984 yil Bekobod tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti – oliy. 2008 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi, 2010 yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi klinik ordinaturasini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati Sog`liqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish shu`basining Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish masalalari bo`yicha bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma`lum qilinishicha, boshqarmaning avvalgi rahbari To`raqul Arziqulov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan egalab turgan lavozimidan ozod qilingan.