AsosiyJamiyat

“Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish har yili noyabr–dekabr oylarida o`tkaziladi

'“Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish har yili  noyabr–dekabr oylarida o`tkaziladi'ning rasmi

“Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish har yili  noyabr–dekabr oylarida o`tkaziladi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vaziri o`rinbosari Jalol Arashov ma`lum qildi:

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023 yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo`li bilan aniqlanadi.

Har yili 1 noyabrga qadar davlat byudjetining tasdiqlangan ko`rsatkichlari asosida, hududlar bo`yicha yo`naltiriladigan kapital qo`yilmalar tuman va shaharlardagi  aholi va mahallalar soniga nisbatan teng ulushlarda, lekin 8 mlrd so`mdan kam bo`lmagan holda ajratiladi.  

Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayonlari uchta bosqichda tashkil etiladi:

● 1-bosqichda — portalda loyihalar to`plami shakllantiriladi;

● 2-bosqichda — shakllantirilgan loyihalar to`plami saralab olinadi;

● 3-bosqichda — saralash bosqichidan o`tgan loyihalar to`plamlariga ovoz beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar