AsosiyJamiyat

Toshkentda o`nlab daraxtlarni kesib tashlagan fuqaroga nisbatan ma`muriy jarima qo`llanildi (video)

'Toshkentda  o`nlab daraxtlarni kesib tashlagan fuqaroga nisbatan ma`muriy jarima qo`llanildi (video)'ning rasmi

 Ijtimoiy tarmoq orqali yuborilgan murojaat Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman inspeksiyasi tomonidan holat borib o`rganildi. Bu haqda Boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 



Ushbu holat bo`yicha , Akademik V. Voxidov nomidagi respublika xirurgiya amaliy- ilmiy markazi tomonidan qurigan daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olish bo`yicha murojaat kelib tushgan. Shunga asosan, qurigan daraxtlarni kesish yuzasidan 675- sonli qarorga asosan, kesish bo`yicha xulosa berilgan. Biroq, xulosadan tashqari, daraxtlarni sanitar butalash jarayonida o`sishdan to`xtaydigan darajada shikast etkazilganligi aniqlanib, xo`jalik ishlari bo`yicha ma`sul bo`lgan X.A.Voisovga nisbatan, mazkur holat yuzasidan  O`z.Res. MJTK ning 79- moddasi bilan ma`muriy jarima qo`llanildi.  
 

    Boshqa yangiliklar