Kecha, 9 may kuni Quyoshda o`rtacha kuchli chaqnash qayd etildi. Voqea taxminan 23 daqiqa davom etdi va quyosh zarralari Er tomon yo`naldi. Bu haqda The Watchers xabar berdi.
Quyosh zarralari otilshi radio emissiyasi bilan birga kelgan, bu odatda koronal massaning ajralib chiqishini ko`rsatadi. 10 maydan boshlab quyosh shamoli kuzatilishi kutilmoqda.
Olimlarning taxminiga ko`ra, quyosh zarralarining ko`p qismi Er orbitasidan o`tadi, ammo sayyoramiz tomonga siljishi mumkin. Ushbu Quyosh chaqnashi bilan bog`liq har qanday holatlar 11 mayda davom etishi va magnit bo`roniga sabab bo`lishi prognoz qilingan.






