17–18-may kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo`lib o`tadi. Forum O`zbekiston Adliya vazirligi boshchiligida ikki yilda bir marta o`tkaziladi.
Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. “Tashkent Law Spring” xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendensiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajaradi.
Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O`zbekistonda va jahonda ommalashtirishga ko`maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Forum doirasida o`tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar mavzulari:
"Nizolarni muqobil hal etish: mediasiyadan arbitrajgacha";
"Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar";
"Yuridik sohada raqamli texnologiyalar";
"Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar";
"Korrupsiyaga qarshi siyosat";
"Intellektual mulk ekotizimi – O`zbekistonning innovasion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida";
"Zamonaviy huquq uchun yuridik kadrlar";
"Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari".
11.05.2023 09:23
17 may kuni “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumiga start beriladi — vazirlik






