AsosiyJamiyat

Toshkentda 12 yoshli qizning o`ldirilgani bo`yicha jinoyat ishi sudga yuborildi — Bosh prokuratura

'Toshkentda 12 yoshli qizning o`ldirilgani bo`yicha jinoyat ishi sudga yuborildi — Bosh prokuratura'ning rasmi

Avvalroq, joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo`rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v,z" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchi  shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ushbu jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Yangihayot tumanida sodir etilgan 12 yoshli qizning qotilligi bilan bog`liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko`rib chiqish uchun sudga yuborilgani haqida xabar berdi. 

    Boshqa yangiliklar