AsosiyJamiyat

⚡ "O`zgidromet" shoshilinch axbоrot e`lon qildi

'⚡ "O`zgidromet" shoshilinch axbоrot e`lon qildi'ning rasmi

Joriy yilning 12-13 va 16-17 may kunlari kutilayotgan yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O`zgidromet quyidagi hududlarda yashovchi fuqarolarni ogohlantirmoqda:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlari;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlari;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rtachirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlari;

Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlari;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.

    Boshqa yangiliklar