AsosiyJamiyat

Toshkentda ilk bor dunyo zargarlik buyumlarining ko`rgazma savdosi o`tkaziladi

'Toshkentda ilk bor dunyo zargarlik buyumlarining ko`rgazma savdosi o`tkaziladi'ning rasmi

AOKAda "O`zbekzargarsanoati" uyushmasi rahbari va mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida  xalqaro ko`rgazma savdosi hamda sohada erishilgan yutuqlar va kamchiliklar haqida ma`lumot berildi:

Mazkur ko`rgazma savdosida dunyo zargarlik sanoatining etakchi kompaniyalari hamda yurtimizning mahalliy brendlari o`zlarining eksklyuziv mahsulotlari bilan ishtirok etishadi.  

Ko`rgazma doirasida B2B uchrashuvlar tashkil etiladi, bu esa mahalliy va xorijiy kompaniyalar o`rtasida o`zaro hamkorlik aloqalarini o`rnatish imkoniyatlarini yaratadi.  

Bundan tashqari tadbirda zargarlik buyumlarining chakana savdosi, ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, zargarlik buyumlarini import va eksport qiluvchi kompaniyalar ham qatnashishi nazarda tutilgan.

Xalqaro ko`rgazma savdosi doirasida “Charming East” tanlovi tashkil etiladi.

Unda iqtidorli va iste`dodli  zargarlarning turli yo`nalishdagi ishlanmalari xalqaro hakamlar hay`ati tomonidan baholanib, eng yaxshilari kelajakda zargarlik sanoatining nufuzli mukofoti bo`lishi kutilayotgan “Uzbek Jewellery Awards” bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar