Yig`ilishda yoz oylarida elektr tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta`minlash, yuklama oshib ketishi natijasida ularning ishdan chiqishini oldini olish choralarini o`z vaqtida ko`rib borish zarurligi ko`rsatib o`tildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Past kuchlanishli 30 ming kilometr elektr tarmog`i va 10 mingta transformatorni mukammal ta`mirlash ishlarini o`z vaqtida va sifatli bajarish topshirildi.
Bu borada mart oyida Toshkent shahrida elektr ta`minotini yaxshilash bo`yicha alohida dastur qabul qilinib, bunga 4,2 trillion so`m ajratildi. Unga muvofiq 900 kilometr elektr tarmoqlari, 230 ta transformatorni yangilash va rekonstruksiya qilish, 5 ta yangi podstansiya qurish reja qilingan.
Viloyatlar hokimlariga elektr uskunalari va materiallari zaxirasi uchun ehtiyojlarni hisob-kitob qilib, har bir viloyatda 10 milliard so`mdan mablag` ajratish topshirildi.
1 avgustga qadar 2023 yil uchun reja qilingan tarmoq va transformatorlarni ta`mirlash ishlarini yakuniga etkazish vazifasi qo`yildi. Buning uchun viloyat, shahar va tumanlarda 400 ga yaqin brigada tashkil qilinadi.
Shuningdek, mutasaddilarga issiqlik energiya stansiyalariga bugungi kunga nisbatan 6 million kub metrga ko`p gaz etkazib berishni ta`minlash, 1 iyulga qadar 200 ming tonna mazut zaxirasini yaratish topshirildi.
Yoqilg`i-energetika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, elektr energiyasi va gazning noqonuniy iste`moliga barham berish bo`yicha ham vazifalar belgilab berildi.
11.05.2023 17:45
Viloyat hokimlari elektr uskunalari va materiallari zaxirasi uchun ehtiyojlarni hisob-kitob qilib, har bir viloyatga 10 milliard so`mdan mablag` ajratishi lozim — Prezident






