AsosiyJamiyat

“Angren” ko`mir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi

'“Angren” ko`mir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi'ning rasmi

Prezident hududlarda energiyani tejash masalasiga to`xtalib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Misol uchun, Qarshi tumanidagi tadbirkor 10 gektar issiqxonani ko`mirda isitish loyihasini boshlagan.

Loyiha doirasida ko`mirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 million kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish bo`yicha dasturlar qabul qilish zarurligi ta`kidlandi.

Ko`mirga talab shu yilning o`zida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda ko`mir qazib chiqarishni 5,3 million tonnadan 6,5 million tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi.

Buning uchun “Angren” ko`mir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, “Sharg`un ko`mir”ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, 14 ta ko`mir koniga tadbirkorlar jalb qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar