AsosiyJamiyat

Viloyat hokimlariga joriy yilning o`zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o`rnatilishini ta`minlash topshirildi

'Viloyat hokimlariga joriy yilning o`zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o`rnatilishini ta`minlash topshirildi'ning rasmi

Mamlakatimizga benzin va dizel yoqilg`isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan.

Mutasaddilar oldiga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo`yildi. 

Yoqilg`i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag` uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.

Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatimizga shu yilning o`zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani ta`kidlandi. Endi ular uchun hududlarda etarli infratuzilma yaratish lozim. 

Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o`rnatish bo`yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan.

Viloyat hokimlariga joriy yilning o`zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o`rnatilishini ta`minlash topshirildi.

Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini ta`minlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo`yildi.

Yig`ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

 

    Boshqa yangiliklar